Toshkent shahar IIBB energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning shikoyat arizasi bo‘yicha moliyachi Otabek Bakirovga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi. Boshqarmaning bu qaroriga, xususan, AOKAning shikoyat arizasida ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi asos bo‘lgan.
Toshkent shahri IIBB tovlamachilikda gumonlanib hibsga olingan yana 6 nafar shaxsning nomlari va suratlarini e’lon qildi. Ular orasida avvalroq hibsga olingan “Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li Ixtiyor Qudratullayev va bir ayol ham bor.
Toshkent shahar IIBBda jinoiy faoliyatda gumon qilinib, qo‘lga olingan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun yetarli dalillar mavjud, dedi boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev. U qo‘lga olingan shaxslardan jabrlangan fuqarolarni “qo‘rqmaslikka” va ariza berishga chaqirdi.
Poytaxt IIBB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev jinoiy guruh vakillari yillar davomida kuzatilgani, dalillar yetarliligidan so‘ng ularga reydlar boshlanganini bildirdi. Shuningdek, u reydlar qo‘shni davlatlarda o‘tkazilayotgani yoki Jah Khalib konsertidagi tartibsizliklarga aloqasi yo‘qligini aytdi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan mashhur Saidaziz Saydaliyevni qo‘lga oldi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, u va yana bir necha kishi tovlamachilik ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan. Ma’lum qilinishicha, ular pul evaziga odamlarni qarzini undirib bergan.
Tarmoqlarda Shayxontohur tumanida fuqaroning IIO xodimlari bilan janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBBning ma’lum qilishicha, fuqaroning mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Biroq hujjatlashtirish jarayonida u IIO xodimlarining talablarini bajarmay, qarshilik ko‘rsatgan.
Sergeli tumanida enaga qaramog‘ida qolgan 3 yoshli qiz vafot etdi. Marhumaning onasi bolani tanishinikida qoldirib ketganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
Toshkent shahar IIBB fevral oyida Sergeli, Mirobod va Shayxontohur tumanlarida noqonuniy diniy ta’lim berish faoliyati bilan shug‘ullangan 6 kishini aniqladi. Ular 300 ming so‘mdan 3 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda jarimaga tortildi.
Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi maktab yaqinida 12 yoshli o‘quvchining qo‘lidan ushlab olgan erkakning shaxsi aniqlandi. Tuman ichki ishlar xodimlari holatni o‘rganmoqda.
Tarmoqlarda Chilonzor tumanida enaga 6 yoshli nogiron bolani kaltaklagani aks etgan vider tarqaldi. Uni bolaning onasi fuqarolarni ogohlikka chaqirish uchun tarqatgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan tuman IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
22 yanvarga o‘tar kechasi Mirzo Ulug‘bek tumanida tezlikni oshirib harakatlangan Tracker yo‘l chetidagi avtobusga urildi. Oqibatda Tracker`ning old qismida yong‘in chiqdi, undagi yo‘lovchilar turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentda 2018 yildan beri poytaxt IIBB tashabbusi bilan ochilgan uysizlar uchun markaz faoliyat ko‘rsatmoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari ushbu «Mehr-saxovat uyi»da bo‘lib, bu yerda ayozli kunlarda odamlar soni ko‘payishiga qanday tayyorgarlik ko‘rilgani va markaz nimalarga muhtojligini o‘rgandi.
Poytaxtda yoshlar orasida tramadol va boshqa psixotrop moddalarni iste’mol qilish holatlari juda ko‘paygan, deya ta’kidladi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Murodilla Aliqoriyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, dorilar asosan mamlakatga aylanma yo‘llar orqali kirib kelmoqda va «qora bozor» da sotilmoqda.
Toshkent shahrida yil boshidan beri 7777 ta jinoyat fosh etilib, 537 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. Poytaxt IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 2435 ta jinoyat ichki ishlar xodimlari tashabbusi bilan aniqlangan, shundan 769 tasi narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq. Buning natijasida 217,3 kg giyohvandlik va 24,3 kg psixotrop vositalar aylanmasining oldi olingan.
O‘zbekistonda Xitoyning «Guanjou» klinikasining Toshkent shahridagi va boshqa viloyatlardagi filiallarida mahalliy dorilarni qayta qadoqlab, qimmat narxga sotayotgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Klinika mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Chilonzor tumanidagi Atlas savdo majmuasida maishiy texnikalarga katta chegirma e’lon qilingandan so‘ng 18 mingga yaqin fuqarolar majmua oldida to‘plangan. Natijada tirbandlik va tiqilinchlar yuzaga kelgan. Tiqilinchda bir nafar ayol xushidan ketgan. Toshkent shahar IIBB do‘kon yopilganligini va sotuv bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Toshkent shahrida taroveh namozlari o‘qilishi munosabati bilan ayrim masjidlar atrofidagi ko‘chalar har kuni soat 18:00 dan 00:00 gacha transport vositalari harakati uchun yopiladi (ro‘yxat).
Toshkent davlat texnika universitetidagi qurilishda ishlagan yollanma ishchi maoshini ololmaganligi sababli o‘zini beshinchi qavatdan tashlashga urindi. Hodisa joyiga yetib borgan Olmazor IIB FMB boshlig‘i muzokara o‘tkazib, 40 yoshdan oshgan fuqaroni pastga tushirishga erishdi. Oliy ta’lim vazirligi ishchiga qurilish tashkiloti maoshini to‘lab berganini qo‘shimcha qildi (yangilandi).
Toshkent shahar IIBB o‘t o‘chirgich yoqib yuborilgan holat yuzasidan 4 kishiga nisbatan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.
«Qo‘yliq» bozori buzilishiga qarshi norozilik bildirib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan tadbirkorlarning ishi Bektemir tuman ma’muriy sudida ko‘rilib, ularning besh nafariga 5−7 kun qamoq jazosi tayinlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting